«yer usti halqa metrosi» tegli maqolalar


Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati sinovdan o‘tkazilmoqda
15 dekabr 2023, 14:28

Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 2 ta yangi — “Turon” va “Qipchoq” bekatlarida sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish qachondan boshlanishi haqida ma’lumot sinov natijalaridan so‘ng ma’lum qilinadi.

Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi
16 aprel 2023, 10:43

Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi

19-aprel kuni Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yo‘li”ning 7-bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu vaqtda yangi bekatlarni texnik jihatdan bog‘lash ishlari amalga oshiriladi. 6−7-bekatlar oralig‘ida qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkentning yangi metro stansiyalariga taklif qilingan nomlar muhokamasi qanday o‘tdi?
28 dekabr 2022, 19:35

Toshkentning yangi metro stansiyalariga taklif qilingan nomlar muhokamasi qanday o‘tdi?

Transport vazirligi tuzgan ishchi guruh metroning yangi stansiyalari uchun nomlarni ko‘rib chiqdi. Tasdiqdan so‘ng, ular ovozga qo‘yiladi. Nega «Chkalov» o‘tmagani (va «Aviasozlar» o‘tgani), «Choshtepa» va «Sergeli» bo‘yicha bahslar va «Paralimpiya harakati» nomi qanday paydo bo‘lgani haqida hikoya qilamiz.

Yer usti metro liniyasi vaqtinchalik soat 23:00 gacha ishlaydi
16 avgust 2022, 09:03

Yer usti metro liniyasi vaqtinchalik soat 23:00 gacha ishlaydi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida poyezdlar harakati 5 sentabrgacha soat 23:00 gacha amalga oshiriladi.

Yerusti metrosining ikki bekati orasidagi poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi
17 iyun 2022, 15:58

Yerusti metrosining ikki bekati orasidagi poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Payshanba kuni «Yerusti halqa yo‘li» metrosining Qo‘yliq yo‘lidagi 6- va 7-bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Bunga yo‘l chetidagi to‘sinning temirqoplamasi kuchli shamol tufayli poyezdning tok qabul qilish moslamasiga tekkani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Yer usti metrosi ostidagi yer maydonlari auksion orqali ijaraga beriladi
2 iyun 2022, 12:11

Yer usti metrosi ostidagi yer maydonlari auksion orqali ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan yer usti metro yo‘nalishlari ostida joylashgan yer uchastkalari Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi. Yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun auksion orqali 5 yilga ijaraga beriladi. Shuningdek, «Do‘stlik-Qo‘yliq» yer usti metro yo‘nalishi 1−5 bekatlari oralig‘ida sayilgohlar tashkil etiladi.

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratiladi
29 noyabr 2021, 17:36

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratiladi

Hukumat qarori bilan «Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi» loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlandi. Uning qiymati 354,36 mln dollarni tashkil etadi. Loyiha to‘rt yil avval boshlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting